Sihatgoh haqida
Bizning tariximiz, ma’muriyatimiz va jamoamiz bilan tanishing.
- O‘rin-joy
- 170
- Shifokor
- 8
- Hamshira
- 53
- Kun — o‘rtacha davolanish muddati
- 69

Bolalarni sil kasalligidan himoya qilish va sog‘lomlashtirish
Farg‘ona viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohi “Qo‘qon” (STIR 200131464) — davolash va profilaktika muassasasi. Asosiy vazifasi — o‘z ixtisosligi bo‘yicha kasalliklarga tashxis qo‘yish, ularni davolash va kasalliklarning oldini olishda bemorlarga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga bo‘lgan talabini qondirish.
Sihatgohda ikki bo‘lim bor: ftiziatriya bo‘limi (130 o‘rin) va o‘pkadan tashqari a’zolar tuberkulyozi bo‘limi (40 o‘rin). Bemor bolalarning o‘rtacha davolanish muddati — 69 kun.
Sihatgohda 8 nafar vrach, 53 nafar hamshira va 127 nafar boshqa xodim faoliyat yuritadi.
Manzil: Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri, Istiqlol, 80-uy. Telefon: +998 73 542-40-37. Ish vaqti: dushanba–juma, 08:00–16:00.
Sihatgohni yanada yaqinroq taning
Tarix, rahbariyat va jamoamizga qo‘shilish imkoniyatlari.

